AAP Savdo

Qo‘llab-quvvatlash

AAP Savdo — ASIA AUTO-PLUS, AAP MEGA va AAP MOTORS kompaniyalari xodimlari, dilerlari va mijozlari uchun savdo, ombor va hisob-kitoblarni yuritish ilovasi.

Biz bilan bog‘lanish

Ko‘p beriladigan savollar

Ilovaga qanday kiraman?
Hisobni kompaniyangiz administratori veb-platformada yaratadi. Administrator bergan telefon raqami va parol bilan kiring, so‘ng SMS orqali kelgan kodni kiriting. Mustaqil ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yo‘q.

SMS kod kelmadi.
Bir daqiqadan so‘ng «Kodni qayta yuborish» tugmasini bosing. Telefon raqamingiz to‘g‘ri kiritilganini tekshiring. Muammo davom etsa, administratoringizga yoki bizga murojaat qiling.

PIN kodni unutdim.
PIN kiritish ekranidagi «PIN kodni unutdingizmi?» tugmasini bosing — hisobdan chiqiladi va telefon raqami, parol hamda SMS kod bilan qayta kirib, yangi PIN o‘rnatasiz.

Hisobimni qanday o‘chiraman?
Hisoblarni kompaniyangiz administratori boshqaradi. Administratoringizga yoki bizga info@aap.uz manzili orqali hisobdagi telefon raqamini ko‘rsatib murojaat qiling — so‘rov 30 kun ichida bajariladi.

Bildirishnomalarni qanday o‘chiraman?
Ilovadagi «Profil» bo‘limida bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishingiz yoki telefon sozlamalaridan ruxsatni bekor qilishingiz mumkin.